Maktab dasturini o‘zlashtirishda ko‘makchi qo‘llanma. Har bir dars tushuntirish bilan boshlanadi, bola kitobning o‘zidagi tayyor katakchalarga yozib, mustaqil ishlaydi.
Kitob haqida
1-sinfda faqat qo‘shish va ayirishni o‘rgangan bolalar 2-sinfda ustun shaklida qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish, karra jadvali, bo‘lish, tenglamalar, shakllar, perimetr va yuzalar bilan tanishadi. 2-sinf matematikasi — kelajak bilimlarining poydevori. Ammo sinfda har bir bola bilan alohida shug‘ullanishga ustozning vaqti yetmaydi — kimdir yaxshi o‘zlashtiradi, kimdir qiynalib qoladi. Ana shu muammoga yechim sifatida «Ustoz ko‘makchi» metodik markazi ushbu qo‘llanmani 1,5 yil davomida ustozlar jamoasi bilan ishlab chiqdi. Qo‘llanmamiz 2025–2026-o‘quv yilida Respublikamiz bo‘ylab sinovdan o‘tkazildi. Xursand qiladigan tomoni shuki — undan foydalanayotgan ustoz va ota-onalarning barchasi birdek mamnun.
Mavzu bolaning yoshiga moslab, «maydalab» tushuntiriladi. Ustoz yoki ota-ona o‘qib eshittirsa, bola mavzuni oson anglab oladi.
O‘rganilgan bilim rang-barang, osondan qiyinga qarab joylashtirilgan mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sinf ishiga uslubiy o‘xshash misollar — bola mustaqil bajarib, olgan bilimini takrorlash orqali yanada mustahkamlaydi.
Qo‘llanma Respublika ta’lim markazi Ilmiy-metodik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun foydalanishga tavsiya etilgan (2025-yil 29-may bayonnomasi). Mualliflar: I.Narziyev, Sh.Toshqulov.
Hujjatni ko‘rish →Ustozlar fikri
Mazkur qo‘llanma ayni paytda 50 ga yaqin maktablarning to‘garak mashg‘ulotlari va uzaytirilgan darslarida samarali qo‘llanilmoqda. Ustozlarning video fikrlarini tinglang:
Barcha video fikrlar: YouTube pleylistni ochish →
Demo
Har bir qismdan na’muna sahifalar — sotib olishdan oldin kitob bilan bemalol tanishing. «Varaqlash» tugmasini bossangiz, sahifalar huddi kitobdek ochiladi.




🎬 YouTube sahifamizdan animatsion video darslarni ko‘rishingiz mumkin: Video darslarni ochish →
Narxlar
Narxlar hamma uchun ochiq va yagona. Buyurtma Telegram orqali qabul qilinadi.
Butun o‘quv yili uchun to‘liq to‘plam
3 ta va undan ko‘p to‘plam buyurtma qilganda
Istalgan qismni tanlab oling
✅ Kitoblarni 2 ish kuni ichida tumaningizdagi pochta ofisigacha BEPUL yetkazib beramiz — pochta uchun hech qanday to‘lov olinmaydi.
✅ To‘lov buyurtma tasdiqlanganidan so‘ng oldindan amalga oshiriladi.
Telegramda yozing — savollaringizga javob beramiz va buyurtmangizni rasmiylashtiramiz.
Ish vaqti davomida tezda javob berishga harakat qilamiz. Telefon orqali ham buyurtma qabul qilinadi.
← → tugmalari yoki barmoq bilan surib varaqlang